Jinoyat-protsessual kodeksi

39-modda. Surishtiruv bo'linmasi boshlig'ining va uning o'rinbosarining vakolatlari

(39-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Surishtiruv bo'linmasining boshlig'i va uning o'rinbosari o'z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning o'z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruvni to'la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko'radilar. Surishtiruv bo'linmasi boshlig'i va uning o'rinbosari ishlarni tekshirib ko'rishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo'nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o'tkazish haqida ko'rsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan o'zi olib borishga haqlidir. Surishtiruv bo'linmasi boshlig'ining va uning o'rinbosarining ish yuzasidan ko'rsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir. Olingan ko'rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 38¹-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to'xtatib qo'ymaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.