Jinoyat-protsessual kodeksi

38¹-modda. Surishtiruvchining vakolatlari

(38¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 15 августдаги ЎРҚ-1081-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.08.2025 й., 03/25/1081/0738-сон)

Surishtiruvchi: jinoyat ishini qo'zg'atishga va tugatishga, ishni qo'zg'atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so'roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to'g'risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to'g'risida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog'i mustasno; o'z yurituviga qabul qilgan ishlar bo'yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to'g'risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to'g'risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko'maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash, uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash to'g'risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243¹-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o'zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida iltimosnoma berishga; O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to'g'risida, pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; tintuv o'tkazish to'g'risida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash to'g'risida iltimosnomalar berishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir. Surishtiruvchi surishtiruvning yo'nalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno. Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash, uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi, O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo'llash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish to'g'risidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo'shimcha tergovga qaytarish to'g'risidagi ko'rsatmalariga rozi bo'lmasa, o'z e'tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning ko'rsatmasini o'z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo'yicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi. Surishtiruvchining o'z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.