Jinoyat-protsessual kodeksi

318-modda. Protsessual chiqimlar

(318-модда биринчи қисмининг 7¹-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Protsessual chiqimlar: 1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar o'tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan; 2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashg'ulotidan chalg'itganlik uchun to'lanadigan summadan; 3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o'z vazifalarini bajarganligi uchun to'lanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirig'i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno; 4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to'lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko'rsatganlik uchun himoyachiga to'lanadigan haqdan; 5) ashyoviy dalillarni saqlash va jo'natish bilan bog'liq xarajatlar summasidan; 6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza o'tkazish uchun sarflangan summadan; 7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan; 7¹) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferentsaloqadan foydalangan holda o'tkazish chog'ida qilingan xarajatlardan; 8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat bo'ladi. Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 7¹-bandlarida ko'rsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq byudjet mablag'lari hisobidan to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.