Uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. O'tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Belgilangan muddat o'tkazib yuborilgandan so'ng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala hal qilinguniga qadar to'xtatib turilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
317-modda. Muddatni tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.