Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini e'tiborga olib, baholash paytida mavjud bo'lgan bozor narxida baholanadi. Zarur hollarda baholash mutaxassis ishtirokida yoki baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Pullar, obligatsiyalar, cheklar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar o'z qiymati bo'yicha hisobga olinadi.
Hukmning fuqaroviy da'vo qismi ijrosini ta'minlash uchun mol-mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol-mulk kiritiladi. Bunda mulkdor yoki mol-mulk egasi, o'zining fikricha, qaysi mol-mulkni bayonnomaga kiritish zarur deb hisoblasa, shu mol-mulkni ko'rsatishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
293-modda. Xatlash chog'ida mol-mulkni baholash
(293-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 17 сентябрдаги ЎРҚ-257-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 37-сон, 315-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.