Jinoyat-protsessual kodeksi

292-modda. Mol-mulk xatlanganligi to'g'risidagi bayonnomaning nusxasini taqdim qilish majburiyligi

Mol-mulk xatlanganligi to'g'risidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulki ro'yxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila a'zolaridan biriga, ular bo'lmagan taqdirda, mol-mulk ro'yxatga olingan hududdagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi. Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni ro'yxatga olish o'tkazilgan bo'lsa, mol-mulk xatlanganligi to'g'risidagi bayonnomaning nusxasi tegishli ma'muriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qo'l qo'ydirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.