Jinoyat-protsessual kodeksi

275-modda. Jinoyat protsessida ko'riladigan fuqaroviy da'volar

Bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sug'urta tariqasida unga to'langan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish to'g'risidagi fuqaroviy da'volar jinoyat protsessida ko'riladi. Fuqaroviy da'voning sudlovga tegishliligi bu da'vo qo'zg'atilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.