Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda pul undirish va jarima solish jinoyat ishini ko'rish qaysi sudga taalluqli bo'lsa, shu sud tomonidan amalga oshiriladi. Protsessual majburiyatlarni yoki tartibni buzishga bevosita sud majlisida yo'l qo'yilgan bo'lsa, jarima solish haqidagi ajrim ishni ko'rayotgan sud tomonidan shu majlisning o'zida chiqariladi.
Boshqa hollarda pul undirish to'g'risidagi masala sud tomonidan pul undiriladigan shaxs chaqirilib hal qilinadi. Mazkur shaxsning uzrsiz sabablarga ko'ra kelmasligi ishni ko'rishga monelik qilmaydi.
Sud majlisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tartibbuzarlik to'g'risida tuzilgan bayonnoma va unga ilova qilingan materiallar yoxud sud majlisi bayonnomasidan olingan tegishli ko'chirma o'qib eshittiriladi. Shundan so'ng javobgarlikka tortilayotgan shaxsning izohlari, sud majlisida prokuror qatnashayotgan bo'lsa, uning fikri eshitiladi va ajrim chiqariladi.
Tarjimonga, mutaxassisga, kafilga pul undirish yoxud sud majlisi zalida tartibni buzgan shaxsga jarima solish to'g'risidagi ajrimni chiqargan sud bu ajrimning ijrosini uch oygacha muddatga kechiktirishga yoki ijroning bo'lib-bo'lib bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
274-modda. Pul undirish va jarima solish to'g'risidagi masalani sud tomonidan hal qilish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.