Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga ko'ra ruxsat beriladi.
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi so'roqqacha ruxsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qo'llanilishi lozim bo'lgan, muddatlar inobatga olingan holda ruxsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin.
Ushlab turilgan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning ma'muriyati ushlab turish to'g'risidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida bo'lsa, faqat o'sha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
230-modda. Ushlab turilganlarga uchrashish uchun ruxsat berish
(231-модда Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 29 сентябрдаги ЎРҚ-299-сонли Қонунига асосан чиқарилган — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 40-сон, 410-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.