Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Shuningdek qonun qo'llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
Agar shaxsning o'z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo'lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
23-modda. Aybsizlik prezumptsiyasi
(23-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 9 июндаги ЎРҚ-1067-сонли Қонунига асосан иккинчи, учинчи ва тўртинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.06.2025 й., 03/25/1067/0498-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.