Jinoyat-protsessual kodeksi

212-modda. Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yo'qotganlik uchun javobgarlik

(212-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ekspertiza o'tkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yo'qolgan ashyoning qiymati sud chiqimlariga qo'shiladi. Ayblov hukmi chiqarilganda, agar bu ashyo mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga tegishli bo'lsa, uning qiymati to'lanmaydi; agar ashyo boshqa biror shaxsga tegishli bo'lsa, uning qiymati bu shaxsga sud tomonidan to'lanishi va ayni vaqtda bu summa mahkum yoki fuqaroviy javobgar hisobidan davlat foydasiga undirilishi lozim. Oqlov hukmi chiqarilganda hamda ish tugatilgan hollarda ekspertiza o'tkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yo'qolgan ashyoning qiymati qonuniy egasiga yoki mulkdoriga, shuningdek protsessual mavqeidan qat'i nazar, ularning huquq vorislari va merosxo'rlariga to'lanadi. Ashyoviy dalillar shikastlangan yoki yo'qolgan boshqa barcha hollarda ularning qiymati zarar keltirish natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarga doir fuqaroviy qonunchilik qoidalariga muvofiq to'lattirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.