Jinoyat-protsessual kodeksi

211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo'lganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar to'g'risida qabul qilinadigan qarorlar

(211-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 16 октябрдаги ЎРҚ-448-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 2017 й.)

Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi: 1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo'lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo'q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo'lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo'rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo'lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo'rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o'tkaziladi; 2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yo'q qilib yuboriladi; 3) hech qanday qimmatga ega bo'lmagan ashyolar yo'q qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin; 4) jinoyat yoki boshqa g'ayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum bo'lib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxo'rlariga qaytarib berilishi lozim; 5) jinoiy yo'l bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o'tkaziladi, mulkiy zarar ko'rgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga o'tkaziladi; 6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.