Jinoyat-protsessual kodeksi

187²-modda. Taftishni tayinlash

(187²-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Taftish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi. Taftishni tayinlash to'g'risidagi qarorda yoki ajrimda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) tekshiriladigan sub'yektning to'liq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq to'lovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili; 2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qo'shimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar; 3) taftish o'tkazish chog'ida o'rganiladigan masala yoki masalalar doirasi; 4) moliya-xo'jalik faoliyatining taftish qilinishi lozim bo'lgan davri; 5) taftish o'tkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qo'shimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar. Taftish o'tkazish chog'ida taftishni tayinlash to'g'risidagi qarorda yoki ajrimda ko'rsatilmagan masalani yoki masalalar doirasini, shuningdek moliya-xo'jalik faoliyatining davrini o'rganish taqiqlanadi. Ushbu Kodeksning 187³-moddasida ko'rsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash to'g'risidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan e'tiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish o'tkazish haqida taftishni o'tkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta ko'rsatgan holda buyruq chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.