Ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari bo'yicha to'plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o'tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi.
Ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega emas. Xulosaga qo'shilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilishi lozim.
Agar jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari bo'yicha bir necha ekspertiza o'tkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan bo'lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ba'zi ekspertlarning xulosalariga qo'shilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qo'shilmaslik to'g'risidagi o'z fikrini asoslab berishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
187-modda. Ekspert xulosasini baholash
(187-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.