Olib qo'yish yoki tintuv o'tkazishda xolislar, zarurat bo'lgan taqdirda mutaxassis va tarjimon ham ishtirok etadilar.
Olib qo'yish yoki tintuv o'tkazish jarayonida bu harakatlar uyida o'tkazilayotgan shaxsning o'zi yoki hech bo'lmaganda uning voyaga yetgan oila a'zolaridan birining ishtirok etishi ta'minlanishi lozim. Basharti ularning ishtirok etishini ta'minlashga imkon bo'lmasa, tegishli hokimlik yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining vakili taklif qilinadi.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib qo'yish yoki tintuv ularning vakillari ishtirokida o'tkaziladi.
Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qo'yish o'tkazilishidan avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chog'ida hozir bo'lish hamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz bayonnomaga kiritilishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
160-modda. Olib qo'yish yoki tintuv o'tkazish vaqtida hozir bo'ladigan shaxslar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.