Guvoh va jabrlanuvchini so'roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
So'roqqa o'z advokati bilan hozir bo'lgan guvohni yoki jabrlanuvchini so'roq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. So'roq tugaganidan so'ng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risidagi, so'roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo'lgan arzlarini bayon etishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar uzrli sabablarga ko'ra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko'ra videokonferentsaloqa vositasida so'roq qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
114-modda. Guvoh va jabrlanuvchini so'roq qilish tartibi
(114-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.