Jinoyat-protsessual kodeksi

113-modda. Aybini bo'yniga olish to'g'risidagi arz

Aybini bo'yniga olish to'g'risidagi arz — ariza beruvchining o'zi sodir etgan jinoyati to'g'risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e'lon etilmasdan oldin bergan xabaridir. Aybini bo'yniga olish to'g'risidagi arz og'zaki yoki yozma bo'lishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud og'zaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir ma'lumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi. Aybini bo'yniga olish to'g'risidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida ko'rsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.