Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta so'roq qilishdan bevosita oldin surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 98 — 100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart.
Shundan so'ng surishtiruvchi, tergovchi:
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzgan himoyachining yoxud, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan bo'lsa, boshqa himoyachining so'roqda ishtirok etishini ta'minlaydi;
3) gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini e'lon qiladi;
4) gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi to'g'risidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi.
Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta so'roq qilishdan oldin u o'zini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki o'z aybini to'la yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab o'tilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining so'roq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi.
lex.uz’dagi asl matn111-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta so'roq qilishdan oldingi harakatlar
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Surishtiruvchi yoki tergovchi gumon qilinuvchi va ayblanuvchini birinchi so'roq qilishdan oldin ma'lum harakatlarni bajarishi kerak. Ular shaxsning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi, himoyachi tayinlaydi, qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini aytadi va ayblovni tushuntiradi. Ayblanuvchining o'zini aybli hisoblashi-hisoblamasligini aniqlash ham zarur.
**Kimga tegishli**
Bu qoida surishtiruvchi, tergovchi va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga tegishli.
**Amalda**
Politsiya gumon qilinuvchini qo'lga oldi. Surishtiruvchi uni so'roq qilishdan oldin uning huquqlari, majburiyatlari, qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgani va himoyachi tayinlanganligini tushuntiradi. Shundan keyin so'roq boshlaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.