Jinoyat-protsessual kodeksi

110-modda. So'roq qilish muddatlari

Surishtiruv va dastlabki tergov o'tkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, so'roq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma to'rt soatdan kechiktirmay, so'roq qilinishi kerak. Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida ko'rsatuv berish huquqi sudya tomonidan ta'minlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati o'tkazilayotgan paytda ko'rsatuv berish to'g'risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq ko'rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.