Jinoyat kodeksi

96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash

(96-модданинг номи ва биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)

Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo'liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo'lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoga hukm qilingan bo'lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo'lsa, ularni davolash jazoni o'tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o'tab bo'lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo'lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.