Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashni uzaytirish, o'zgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi asosida, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko'rsatish bo'limlarida va mahkumlarga mo'ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada esa, tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashga muhtoj bo'lmagan hollarda, shuningdek bu choralarni qo'llash tugatilganda sud bunday shaxsni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy ta'minot muassasasiga yuborish to'g'risidagi masalani hal etish uchun sog'liqni saqlash organlariga topshirishi mumkin.
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo'liqqan shaxslarga nisbatan jazo bilan bir qatorda tayinlangan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashni tugatish tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
95-modda. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashni uzaytirish, o'zgartirish va tugatish
(95-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.