Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo'liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga ko'maklashuvchi sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
91-modda. Majburlov choralarining maqsadlari
(91-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.