Jinoyat kodeksi

90-modda. Jazoni yengilrog'i bilan almashtirish

(90-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)

O'n sakkiz yoshga to'lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning o'talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. Jazoni yengilrog'i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki o'qishga halol munosabatda bo'lib kelayotgan mahkumga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Jazoning o'talmagan qismini yengilrog'i bilan almashtirish: a) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi; b) og'ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to'rtdan bir qismi; v) o'ta og'ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo'lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o'tab bo'linganidan keyin qo'llanilishi mumkin. Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o'talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o'talmagan qismi muddatiga tayinlanadi. Jazo yengilrog'i bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi o'tab bo'linganidan keyin ushbu Kodeksning 89-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo'llanilishi mumkin. Jazo yengilrog'i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o'talmagan qismi mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60 va 86-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.