Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi.
Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga muvofiq kelgan, qo'yilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay erishishning iloji bo'lmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko'rgan bo'lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi.
Kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik qilishda ko'zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo'lgan foydali natijadan ko'proq bo'lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab bo'lmaydi.
Tavakkalchilik odamlarning halok bo'lish xavfi, ekologiya halokati yoxud boshqacha og'ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo'lsa, asosli deb topilmaydi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining o'zlariga ko'rsatilgan xizmatlar, shu jumladan berilgan kreditlar yuzasidan banklar va boshqa moliya tashkilotlari oldidagi shartnoma majburiyatlarini tadbirkorlik tavakkalchiliklari hamda boshqa tijorat tavakkalchiliklari bilan bog'liq holda bajarmaganligi banklar va boshqa moliya tashkilotlari xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
41-modda. Kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik
(41-модда Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-345-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2013 й., 1-сон, 1-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.