Jinoyat kodeksi

40-modda. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish

Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo'lsa, jinoyat deb topilmaydi. Jinoiyligi oldindan ayon bo'lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. G'ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo'lsagina, u javobgarlikka tortiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.