Bo'ysunmaslik, ya'ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik —
ikki yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa;
b) og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
279-modda. Bo'ysunmaslik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.