Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug'ullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yashirin mayningni amalga oshirish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) juda ko'p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
a) xizmat mavqeidan foydalangan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tayyorgarlik ko'rilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida o'z ixtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
278⁹-modda. Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish
(278⁸ ва 278⁹-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 19 январдаги ЎРҚ-899-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.01.2024 й., 03/24/899/0048-сон — 2024 йил 20 апрелдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.