Ilmiy tadqiqot yoki sinov tajriba faoliyatini amalga oshirish vaqtida xavfsizlik qoidalarini buzish badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi uchun mas'ul shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa;
b) ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish:
a) odam o'lishiga;
b) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
256-modda. Tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish
(256-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.