Jinoyat kodeksi

255¹-modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg'in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to'plash, olish, birovga o'tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish

(255¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги 254-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2001 й., 9-10-сон, 165-модда)

O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg'in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to'plash, olish, birovga o'tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) odam o'lishiga; b) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — sakkiz yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.