Jinoyat kodeksi

232¹-modda. Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish

(232¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-762-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2022 й., 03/22/762/0290-сон)

Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya'ni ijro hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilishni yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta'sir o'tkazishni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin davom ettirish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.