Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlashni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin davom ettirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
232-modda. Sud hujjatini ijro etmaslik
(232-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-762-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2022 й., 03/22/762/0290-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.