Tovlamachilik, ya'ni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yo'q qilish, o'zgartirish, egallab olish yoki to'sib qo'yish yoki jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o'zining mulkini yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tovlamachilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko'p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tovlamachilik:
a) juda ko'p miqdorda;
b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
165-modda. Tovlamachilik
(165-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 19 январдаги ЎРҚ-899-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.01.2024 й., 03/24/899/0048-сон — 2024 йил 20 апрелдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.