Jinoyat kodeksi

164-modda. Bosqinchilik

(164-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги 254-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2001 й., 9-10-сон, 165-модда)

Bosqinchilik, ya'ni o'zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bosqinchilik: a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan boshqa narsalarni ishlatib; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog'liq holda sodir etilgan bo'lsa, — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bosqinchilik: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) ko'p miqdorda; v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g'ayriqonuniy ravishda kirgan holda; g) badanga og'ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bosqinchilik: a) juda ko'p miqdorda; b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.