Criminal Executive Code

186-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari

Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlar kasallik turi, xulq-atvorining xususiyati, ruhiy va jismoniy holatini inobatga olib, ularni batamom ajratib qo'yishni ta'minlovchi hamda ular tomonidan yangi ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etish, qochish, saqlash rejimini buzish ehtimolining oldini olishni ta'minlaydigan sharoiti bor palatalarga joylashtiriladi. Erkaklar va ayollar, kattalar va voyaga yetmagan shaxslar alohida-alohida saqlanadi. Bir bemorga to'g'ri keladigan foydali maydon normasi besh kvadrat metrdan kam bo'lishi mumkin emas. Bemorlarga ovqat va kasalxona kiyimi bepul beriladi. Bemorlarni ovqat va ust-bosh bilan ta'minlash normalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Posilka, yo'qlov, banderol va pul jo'natmalari olish hamda yuborish, uchrashuvlar o'tkazish, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish, saqlash, shuningdek bemorlarga har kuni beriladigan sayr tartibi ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarga uzoq muddatli uchrashuv berilmaydi. Bemor nomiga kelib tushgan pullar uning shaxsiy hisobvarag'iga o'tkaziladi. Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni bemorlar pul o'tkazish yo'li bilan sotib oladilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.