Criminal Executive Code

185-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning huquq va majburiyatlari

(185-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar: har kuni sayr qilish; xatlar, posilka, yo'qlov va banderollar, shuningdek pul jo'natmalari olish va yuborish; qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish; diniy rasm-rusumlarni ado etish; oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish hamda ularni o'z yonida saqlash; kasalxona kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega. Bemorlar advokat xizmatidan foydalanishlari mumkin. Davolash samaradorligini va kasallar yoki boshqa shaxslar xavfsizligini ta'minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda bemorlarning huquqlari cheklanishi mumkin. Bemorlar tayinlangan muolajani qabul qilishi va ichki tartib qoidalariga rioya etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.