Jarima tariqasidagi jazo O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ichki ishlar organlari tomonidan yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish to'g'risidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi ma'muriyat tomonidan, shuningdek tegishli faoliyat turlari bilan shug'ullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi.
Harbiy xizmatchilarga nisbatan:
xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazo — harbiy xizmatchi xizmatni o'tayotgan joydagi harbiy qismlarning (muassasalarning) qo'mondonligi tomonidan;
intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi jazo — maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar tomonidan ijro etiladi.
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qo'shimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi.
lex.uz’dagi asl matn14-modda. Jazolarni ijro etuvchi muassasalar va organlar
(14-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 16 октябрдаги ЎРҚ-448-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 2017 й.)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.