Criminal Executive Code

139-modda. Rag'batlantirish va intizomiy jazo choralari

(139-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan rag'batlantirish choralari qo'llaniladi. Jazoni o'tashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda o'tkazilgan mahkumlarga nisbatan rag'batlantirish tartibida qo'shimcha uchrashish yoki masofali video-uchrashuv yoxud telefon orqali so'zlashish imkoniyati ham berilishi mumkin. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qo'llaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda: yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga; odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga o'tkazilishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.