Iste'molchilar quyidagi huquqlarga ega:
tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to'g'ri va to'liq ma'lumot olish;
tovarni (ishni, xizmatni) erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo'lishini talab qilish;
tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz bo'lishini talab qilish;
hayoti, sog'lig'i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo'lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) g'ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma'naviy zararning o'rni to'liq hajmda qoplanishini talab qilish;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so'rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
iste'molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Iste'molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko'rsatishning boshqa turlari bo'yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
4-modda. Iste'molchilarning asosiy huquqlari
(4-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 январдаги ЎРҚ-1021-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.01.2025 й., 03/25/1021/0063-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.