«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun

30-modda. Iste'molchilarning jamoat birlashmalari

(30-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 18 январдаги ЎРҚ-746-сонли Қонунига асосан учинчи ва тўртинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2022 й., 03/22/746/0032-сон)

Iste'molchilar o'z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste'molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin. Iste'molchilarning birlashmalari o'z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir. Iste'molchilarning jamoat birlashmalari quyidagi huquqlarga ega: vakolatli davlat organlariga iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; iste'molchilarga axborotga oid va maslahat xizmatlari ko'rsatish; iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini o'tkazish, ularning natijalariga ko'ra tayyorlangan takliflar va tavsiyalarni vakolatli davlat organlariga taqdim etish hamda e'lon qilish; aholining iste'molchilikka oid savodxonligini oshirish bo'yicha ma'rifiy ishlarni amalga oshirish; iste'molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish hamda ularga ko'maklashish. Iste'molchilarning jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.