Garovga qo'yilgan mol-mulkni ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda auktsion o'tkazish orqali amalga oshiriladi:
ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga qo'yuvchiga ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatlar bajarilmayotganligi to'g'risida ushbu Qonunning 45-moddasida ko'rsatilgan talablarga javob beradigan xabarnoma topshirish. Mazkur xabarnomani bevosita topshirish imkoni bo'lmagan taqdirda, u ipotekaga qo'yuvchining ipoteka to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan manziliga buyurtma xat shaklida yuboriladi;
xabarnomani ipoteka ro'yxatdan o'tkazilgan ro'yxatdan o'tkazuvchi organda ro'yxatdan o'tkazish;
ipoteka to'g'risidagi shartnomadan kelib chiqadigan va xabarnomada ko'rsatilgan talablar qanoatlantirilmagan taqdirda, lekin mazkur bildirish ipotekaga qo'yuvchiga yuborilgan paytdan e'tiboran kamida ikki oy o'tgach, auktsion o'tkazish to'g'risidagi, ushbu Qonunning 46-moddasida ko'rsatilgan talablarga javob beradigan xabarnomani yuborish hamda uni ipoteka va birinchi xabarnoma ro'yxatdan o'tkazilgan ro'yxatdan o'tkazuvchi organda ro'yxatdan o'tkazish;
auktsion o'tkazish to'g'risidagi e'lonni O'zbekiston Respublikasining hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda e'lon qilish. Auktsionga qo'yilayotgan ko'chmas mulkka doir barcha bitimlarni tuzish auktsion o'tkazish to'g'risidagi e'lon birinchi marta e'lon qilingan paytdan e'tiboran taqiqlanadi, agar bitimlar tuzilgan bo'lsa, ular haqiqiy emas deb topiladi. Auktsion o'tkazish to'g'risidagi e'lon birinchi marta e'lon qilingan paytdan e'tiboran auktsion o'tkaziladigan paytgacha kamida o'ttiz kun o'tishi kerak.
Ipotekaga qo'yuvchi asosiy majburiyat bajarilmayotganligi to'g'risidagi xabarnomani olgach, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish uchun asoslar yo'qligi to'g'risidagi da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulk realizatsiya qilinishini ushbu Qonunning 53-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda kechiktirish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilinishi ushbu modda birinchi qismining to'rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat o'tishini to'xtatib turadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
44-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni ipoteka to'g'risidagi shartnoma asosida realizatsiya qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.