«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

43-modda. Kimoshdi savdosini amalga oshmagan deb e'lon qilish

(43-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Kimoshdi savdosi tashkilotchisi quyidagi hollarda kimoshdi savdosini amalga oshmagan deb e'lon qiladi: kimoshdi savdosiga ikkitadan kam sotib oluvchi kelgan bo'lsa; kimoshdi savdosida garovga qo'yilgan mol-mulkning boshlang'ich sotuv narxiga ustama qilinmagan bo'lsa; kimoshdi savdosida g'olib chiqqan shaxs xarid narxini belgilangan muddatda kiritmagan bo'lsa. Kimoshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlardan birontasi sodir bo'lganidan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshmagan deb e'lon qilinishi kerak. Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e'lon qilingandan keyin o'n kun ichida ipotekaga oluvchi ipotekaga qo'yuvchi bilan kelishuvga ko'ra garovga qo'yilgan mol-mulkni uning kimoshdi savdosidagi boshlang'ich sotuv narxida olishga va shu mol-mulk ipotekasi bilan ta'minlangan o'z talablarini xarid narxi hisobiga o'tkazishga haqlidir. Bunday kelishuvga nisbatan fuqarolik qonunchiligining oldi-sotdi shartnomasi to'g'risidagi qoidalari qo'llaniladi. Bu holda ipoteka tugatiladi. Agar mol-mulkning ipotekaga oluvchi tomonidan olinishi to'g'risidagi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan kelishuvga erishilmagan bo'lsa, birinchi kimoshdi savdosidan keyin bir oydan kechiktirmay takroriy kimoshdi savdosi o'tkaziladi. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan hollarda, garovga qo'yilgan mol-mulkning boshlang'ich sotuv narxi takroriy kimoshdi savdosida 20 foizga pasaytiriladi. Takroriy kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladi. Takroriy kimoshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlarga ko'ra amalga oshmagan deb e'lon qilingan taqdirda, ipotekaga oluvchi garovga qo'yilgan mol-mulkni uning birinchi kimoshdi savdosidagi boshlang'ich sotuv narxidan ko'pi bilan 25 foiz past narxda olishga (o'zida qoldirishga) va mol-mulk ipotekasi bilan ta'minlangan o'z talablarini xarid narxi hisobiga o'tkazishga haqlidir. Agar ipotekaga oluvchi takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb e'lon qilingandan keyin bir oy ichida garovga qo'yilgan mol-mulkni o'zida qoldirish huquqidan foydalanmasa, ipoteka tugatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.