Economic Procedure Code

337-modda. Ijro varaqasining mazmuni

(337-модда биринчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)

Ijro varaqasida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) ijro hujjatini bergan sudning nomi; 2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami; 3) ijro etilishi lozim bo'lgan sud hujjati qabul qilingan sana; 4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami; 5) sud hujjatining xulosa qismi; 6) ijro varaqasini ijro etish tartibi va usuli, agar bu haqda sud hujjatida ko'rsatilgan bo'lsa; 7) sud hujjati kuchga kirgan sana; 8) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati. Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda sud hujjati asosida beriladigan ijro varaqasi O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo'lsa, u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qog'oz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.