Sud hujjati bo'yicha bitta ijro varaqasi beriladi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga amalga oshirilishi kerak bo'lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga ko'ra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining ushbu ijro varaqasi bo'yicha ijro etilishi lozim bo'lgan qismini ko'rsatgan holda bir nechta ijro varaqasini beradi.
Pul summalarini bir necha javobgardan undirish to'g'risidagi sud hujjati asosida javobgarlarning soni bo'yicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan bo'lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi ko'rsatilishi va solidar javobgar ekanligi ko'rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o'tilishi kerak.
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi.
Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so'ng besh kun ichida ijro varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga ko'ra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi.
Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud bo'lgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Agar O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud bo'lmasa, ijro varaqasi unga qog'oz shaklida beriladi.
Byudjetga mablag'larni undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so'ng besh kun ichida yuboriladi.
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn336-modda. Ijro varaqasini berish
(336-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонунига асосан олтинчи ва еттинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.