Economic Procedure Code

324¹²-modda. Taftish instantsiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)

(36-боб Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berish muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati sudyasining shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish to'g'risidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan taftish tartibidagi shikoyatni berish muddati ichida shikoyatni bergan shaxsning arizasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o'rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish to'g'risidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibidagi protestni berish muddati ichida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest keltirilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atining taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo'yicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi ajrimi, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan boshqa ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ichida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Bosh prokurori tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.