Economic Procedure Code

324¹¹-modda. Sudning ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest)

Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan ajrim, qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo'yicha berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu bobda taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko'rish uchun nazarda tutilgan tartibda taftish instantsiyasi sudi tomonidan ko'riladi. Taftish instantsiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan taftish shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha quyidagilarga haqli: 1) ajrimni, qarorni o'zgarishsiz qoldirishga; 2) ajrimni, qarorni to'liq yoki qisman o'zgartirishga yoki bekor qilishga va masalani mohiyatan hal etishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o'z kuchida qoldirishga; 3) ajrimni, qarorni bekor qilishga hamda da'vo arizasini va ishni ko'rish uchun tegishli instantsiya sudiga yuborishga; 4) birinchi instantsiya sudining ajrimini, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarorini bekor qilishga va da'vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko'rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.