Economic Procedure Code

247-modda. Ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi sud topshiriqlari

(247-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risida O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki qonunida belgilangan tartibda chet davlatlar sudlari tomonidan o'ziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qog'ozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar olish, ekspertiza o'tkazish, joyni ko'zdan kechirish va hokazo) bajaradi. Chet davlat sudining topshirig'i quyidagi hollarda ijro etilmaydi, agar: 1) sud topshirig'ini ijro etish O'zbekiston Respublikasi suverenitetiga zid bo'lsa yoki O'zbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid solsa; 2) sud topshirig'ini ijro etish O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining vakolatiga kirmasa; 3) ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi sud topshirig'ini o'z ichiga olgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanmasa. Ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi sud topshiriqlarini O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi tomonidan ijro etish, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari chet davlatlar sudlariga yoki chet davlatlarning vakolatli organlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi sud topshiriqlari bilan O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki qonunida belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.