O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet davlatlar muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi muassasalari, tashkilotlari va fuqarolariga yoki chet ellik shaxslarga nisbatan chet el huquqi normalari bo'yicha belgilangan shakl bo'yicha berilgan, tuzilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar, agar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki O'zbekiston Respublikasi hamda bu hujjatlar kelib chiqqan muassasalar va tashkilotlarning davlati ishtirokchi bo'lgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu hujjatlar O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan faqat konsullik legallashtiruvi mavjud bo'lganda yoxud ularga apostil qo'yilgan bo'lsa, qabul qilinadi.
Chet tilida tuzilgan hujjatlarni O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga taqdim etishda, ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo'shib topshirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn246-modda. Chet elga mansub hujjatlarga qo'yiladigan talablar
(246-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.