Economic Procedure Code

232¹³-modda. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari

Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar: mediativ kelishuv qonunchilikka zid bo'lsa; mediativ kelishuvning ijrosi talab etilayotgan shartlari o'zgartirilgan yoki bekor qilingan bo'lsa; mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar to'liq bajarilgan bo'lsa; mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e'tiboran olti oy o'tganidan keyin berilgan bo'lsa, bundan o'tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilgan bo'lsa, mediativ kelishuvni tuzgan taraflar bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.