Economic Procedure Code

201-modda. Bayonnoma

(201-модда иккинчи қисмининг 8-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Sud majlisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko'rsatiladi: 1) sud majlisi o'tkazilgan yil, oy, sana va joy; 2) ishni ko'rayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi; 3) ishning nomi va raqami; 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari kelganligi to'g'risidagi ma'lumotlar; 5) sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar; 6) sud tomonidan alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan joyida chiqarilgan ajrimlar; 7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og'zaki arzlari va iltimosnomalari; 8) ishni ko'rishda sudga taqdim etilgan barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari haqidagi ma'lumotlar; 9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspertlarning o'z xulosalarini og'zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning fikrlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning ko'zdan kechirilganligi, olib qo'yilganligi, sxemalar tuzilganligi, video- va fototasvirga olinganligi haqidagi ma'lumotlar; 10) alohida protsessual harakatlar bajarilganda olingan ma'lumotlar; 11) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; 12) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o'qib eshittirilganligi haqidagi ma'lumotlar. Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma'lumotlar ham ko'rsatilishi mumkin. Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspertlarning o'z xulosalari yuzasidan bergan og'zaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikrlari aks ettiriladi, shuningdek sud majlisida yozib olish texnik vositalaridan foydalanganligi to'g'risida belgi qo'yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo'shib qo'yiladi. Sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganidan tashqari quyidagi ma'lumotlar ham ko'rsatilishi kerak: sud majlisi videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilganligi to'g'risidagi; sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishga ko'maklashgan sudning nomi haqidagi; ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishga ko'maklashgan, ishni ko'rayotgan sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to'g'risidagi; sud majlisini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishga ko'maklashgan sudning hamda ishni ko'rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xodimlari haqidagi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.