Ishni ko'rish vaqtida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat'i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor bo'lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to'g'risidagi masalani o'zlarining vakolatiga muvofiq ko'rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor shaxslarga, fuqarolarga yuboriladi, ular ko'rilgan choralar to'g'risida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar sud nizoni ko'rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi.
Ishni ko'rishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda ishtirokidan qat'i nazar, ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, agar ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish qonunda sudning vakolatiga berilgan bo'lsa, sud ularni ma'muriy javobgarlikka tortish masalasini ko'rib chiqadi.
Ma'muriy javobgarlikka tortish to'g'risida sud qaror qabul qiladi.
Qaror ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn200-modda. Xususiy ajrim va qaror
(200-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.